28 may 10:08
Yangiliklar

Xirnni Joshua - Fyuri jangini buzganlikda ayblashyapti
Promouter Frenk Uorren og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) va WBA, IBF, WBO hamda IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO) o'rtasidagi jangining buzilishi to'g'risida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Uning fikricha, bu muammolar uchun Joshuaning promouteri Eddi Xirn aybdor.
"Yil boshida jangda qatnashadigan barcha tomonlar - bokschilar, promouterlar,menejerlar muzokaralar qanday olib borilishi to'g'risida shartnoma imzolashdi.
Ushbu shartnomada Uaylderda Taysonga nisbatan arbitaj holati borligini aniq ko'rsatadigan band bor edi. Buni hamma bilar edi. Maxfiylik to'g'risida yana bir band bor edi: biz barcha bayonotlarni birga beramiz. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan Xirn ushbu shartni buzdi. Har hafta nimadir bor edi: elonlar va hakozo.
Xirn tomonidan muntazam ravishda oshkor qilingan ushbu elonlarning barchasi ko'plab chalkashliklarni keltirib chiqardi", - dedi Uorren The Sun gazetasiga bergan intervyusida.
Fikrlar