So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

25 mar 20:34
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Xitoy kompaniyasi bilan “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

“CNSG SPORTS DEVELOPMENT CO., LTD” (Xitoy) kompaniyasining xorijiy mamlakatlardagi qurilish ishlari bo'yicha masul vakili Sun Bodong hamda konsultaciya-dizaynerlik bo'limi rahbari CHjan Bo O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. SHundan so'ng tomonlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokara olib borildi.

Kompaniya mamlakatimiz yaqin yillarda mezbonlik qiladigan yirik musobaqalarga birgalikda tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'z takliflarini ilgari surdi. SHu bois “Toshkent-2025” IV yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish uchrashuvlarning bosh mavzusiga aylandi. 

Mehmonlar kompaniyaning so'nggi yillarda qaysi loyihalarda ishtirok etgani xususida batafsil malumot berishdi. Unga ko'ra, kompaniya Xitoyda so'nggi 15 yil ichida o'tgan barcha kompleks musobaqalarda qurilish-montaj, tashkiliy ishlar, logistika, autsorsing kabi yo'nalishlarda faol qatnashgan.

SHundan kelib chiqqan holda, Xitoy kompaniyasi “Toshkent-2025” IV yozgi Osiyo o'yinlarining Tashkiliy qo'mitasi uchun turli yo'nalishlar, xususan, musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xizmatlarini taklif qildi.

O'z navbatida, Oybek Kasimov taklif uchun minnatdorchilik bildirib, O'yinlarga tayyorgarlik jarayonida Xitoy tajribasi o'rganib chiqilishi va buning asosida Respublika hukumatiga taklif kiritilishini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing