21 mar 15:30
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				Xitoyda fojia: 18 yoshli futbolchi boshidan jarohat olib vafot etdi
"Beyjing Goan" yoshlar jamoasi himoyachisi Go Czyasyuan o'rtoqlik uchrashuvida boshidan qattiq jarohat olishi oqibatida olamdan o'tdi.
			Baxtsiz hodisa 6 fevral kuni Ispaniyadagi o'yin vaqtida sodir bo'lgan. 18 yoshli futbolchi komaga tushib qolgan va keyinchalik shifokorlar miya o'limi tashxisini qo'yishgan. SHifokorlarning barcha say-harakatlariga qaramay, futbolchini saqlab qolishning imkoni bo'lmadi.

Czyasyuan 20 mart kuni 19 yoshini nishonlashi kerak edi, biroq u bir kun oldin, 19 mart kuni hayotdan ko'z yumdi.
Umidli xitoylik himoyachi avvalroq "Bavariya"ning xalqaro dasturida ishtirok etgan va 2023 yilda ushbu loyiha doirasida nemis klubi sharafini himoya qilgandi.
            Havola            :         
                    Manba                : South China Morning Post
             
			
Fikrlar