14 iyu 09:28
Yangiliklar

Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi 77 kilogrammgacha vaznda birinchi o'ringa Ian Garrini qo'ygan.
"Birinchi o'ringa Ian Garrini qo'ygan bo'lardim. U juda ham aqlli jangchi. Uning jang qilish uslubi faqat harakatga yo'naltirilgan. Uni doimiy ravishda quvib yurish kerak. Bu holat uni yana ham xavfli qiladi. Ikkinchi o'ringa SHavkat Rahmonovni qo'yaman. Jek Della Maddalena uchinchi, uning ketidan SHon Bredi.
Nega SHonni ro'yxatda oxirgi o'ringa qo'ydim? CHunki, uni mushti yumshoq yigitcha nokautga uchratgan. SHuning o'zi ko'p narsani aytmoqda. Ko'pchilik uning ustidan kulmasligimni aytadi. Lekin men haqiqatni aytishga odatlanganman. U yaxshi jangchidir, lekin men uchun — bu to'rtlikdagi eng ojizi", — deya intervyu bergan Bakli.
Fikrlar