17 jan 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA
"Xohlaganingizni tanlang!" - Makgregor Dana Uaytning so'zlariga javob berdi
Yarim engil (66 kg gacha) va engil (70 kg gacha) vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor UFC prezidenti Dana Uaytning bayonotiga javob qaytardi.
Dana avvalroq amerikalik Maykl CHendlerga qarshi ehtimoliy jangini dolzarb emas deb aytgan, shuningdek, Konorning oktagonga qaytishiga shubha bildirgandi.
"Xohlaganingizni tanlang! Mak hech kim va hech narsa haqida qayg'urmaydi. Men eng mazali zarbalarni tayyorlayman!", - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Irlandiyalik 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi 2021 yil iyul oyidan beri jang qilmagan, o'shanda u UFC 264 turnirida birinchi raunddayoy texnik nokaut (oyoq jarohati) bilan engil vaznda UFC vaqtinchalik chempioni amerikalik Dastin Porega yutqazgan edi. Uning professional rekordi 22 g'alaba va 6 mag'lubiyatdan iborat.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar