01 apr 13:56
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey bo'yicha milliy terma jamoamiz Jahon chempionati oldidan o'rtoqlik o'yinida qatnashdi
13-19 aprel kunlari Gongkongda xokkey bo'yicha erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionatining IIIB divizioni bahslari o'tkaziladi.
Musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Vakillarimizga IIIA divizioniga chiqish yo'lida Lyuksemburg, KXDR, Gongkong, Mo'g'uliston va Filippin jamoalari raqib bo'ladi.
Kecha terma jamoamiz turnirga tayyorgarlik doirasida Qozog'istonning Turkiston shahrida Turan Tigers U20 jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Bahsda vakillarimiz 11:5 hisobida zafar quchishdi.
Malumot uchun, O'zbekiston xokkey terma jamoasi JCHdagi ilk o'yinini 13 aprel kuni (Toshkent vaqti bilan 10:00 da) Mo'g'ulistonga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar