20 apr 07:43
Yangiliklar
Xokkey
Xokkeychilarimiz 97-11 shaybalar nisbati bilan Jahon chempionatida yana bir divizion yuqorilashdi
Gonkongda xokkey bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining III divizion “V” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag'lub etib, guruhda birinchi o'rinni egalladi. Beshta o'yinda shaybalar nisbati 97-11 ni tashkil qildi.
Terma jamoamiz qayd etgan natijalar:
O'zbekiston — Mo'g'uliston 26:1
O'zbekiston — Filippin 28:3
O'zbekiston — KXDR 20:3
O'zbekiston — Lyuksemburg 14:0
O'zbekiston — Gonkong 9:4
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin jamoamiz kelasi yil III divizionning “A” guruhida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar