25 jan 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Xollouey Getjiga qarshi jangni qabul qilganining sababini aytdi
Yarim engil vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Maks Xollouey hamyurti Jastin Getji bilan jangni qabul qilganining sababini aytdi.
"Getjining raqibi yo'q edi. Islam va Oliveyra band, u esa mening ismimni aytdi. BMF kamari bu - zo'r. Men bir paytning o'zida ikkita divizionda ishtirok eta olaman. Nega endi bunday bo'lmasligi kerak? Bu imkoniyat. Bu jangdan keyin men uchun ko'plab eshiklar ochilishi mumkin. Ammo bu qadar oldinga o'tib keta olmaymiz, sababi, qarshimda Jastindek havfli yigit turibdi. Men bor etiborimni maksimal darajada g'alabaga qaratdim", - dedi Maks.
Ular o'rtasidagi jang 14 aprel kuni UFC 300 turniri doirasida o'tkaziladi. Jang Jastinning BMF kamari uchun bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar