20 iyu 18:17
Yangiliklar

Xollouey UFC`dagi g'alabalar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Bu ro'yxatda Xabib ham, Islam ham yo'q!
Bu bilan Maks UFC tarixida g'alabalar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Xolloueyning promoushendagi g'alabalari 23 taga etdi. Andrey Orlovskiy, Donald Serrone va CHarlz Oliveyra hisobida ham 23 tadan g'alaba bor.
Agar bugun Dastin g'alaba qozonganida, aynan u 23 ta g'alaba bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilgan bo'lardi. Janggacha Dastinda ham, Maksda ham 22 tadan g'alaba bor edi. Bu ro'yxatda Jim Miller 27 ta g'alaba bilan yakka peshqadamlik qilyapti.
G'alabalar soni bo'yicha UFC etakchi jangchilari:
1. Jim Miller — 27.
2-5. Andrey Orlovskiy — 23.
2-5. Donald Serrone — 23.
2-5. CHarlz Oliveyra — 23.
2-5. Maks Xollouey — 23.
6-9. Demian Mayya — 22.
6-9. Jon Jons — 22.
6-9. Dastin Pore — 22.
6-9. Nil Magni — 22.
10. Rafael dos Anos — 21.
11-13. Jorj Sen-Per — 20.
11-13. Maykl Bisping — 20.
11-13. Derrik Lyuis — 20.
Fikrlar