20 iyu 10:18
Yangiliklar

Xolloueyning Pore bilan BMF kamari uchun jangi to'liq davom etdi
Musobaqaning markaziy jangi engil vazn toifasida BMF kamari sohibi, Gavayi orollari vakili Maks Xollouey hamda ushbu vazn toifasida vaqtinchalik kamarning sobiq egasi Dastin Pore o'rtasida kechdi.
5 raund etib belgilangan titul jangi to'liq davom etdi. Hakamlar bir qarordan Xolloueyning g'alabasini elon qilishdi. Qayd etish joiz, Maks raqibini birinchi raundda nokdaun holatiga tushirishga ulgurdi.
Bu Dastin uchun faoliyati davomidagi so'nggi jangi edi. U karerasi davomida umumiy hisobda 40 ta jang o'tkazib, 30 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirdi.
Xollouey esa bugun 35-jangida 27-g'alabasini qo'lga kiritib, so'nggi jangidagi Topuriyadan uchralgan mag'lubiyatni yuvib ketdi.
Fikrlar