17 fev 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolmurod Nurmatov ACA 184 turnirida jang qiladi, raqib malum + POSTER
O'zbekistonlik 31 yoshli aralash yakkakurash ustasi Xolmurod Nurmatovning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
Hamyurtimiz 28 fevral kuni Rossiya Federaciyasining Moskva shahridagi Irina Viner-Usmanova Gymnastics Palace majmuasida tashkil etiladigan ACA 184 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.
Nurmatov o'sha kuni rossiyalik 28 yoshli Imran Bukaevga qarshi bahs olib boradi. ACA 184 turnirining markaziy jangi esa ikki rus sportchilari — Islom Omarov va Alixan Suleymanov o'rtasida kechadi.
Malumot o'rnida, Xolmurod Nurmatov hozirga qadar 22 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba, 7 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Imran Bukaev hisobida esa 16 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar