19 mar 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolmurod Nurmatovning jangi bekor qilindi
Engil vazn toifasidagi MMA jangchimiz Xolmurod Nurmatov navbatdagi jangini ertaga Naiza 50 turnirida o'tkazishi kerak edi.
Hamyurtimizning Olma-Otada bo'lib o'tadigan musobaqada mezbonlar vakili Albert Ahmaevga qarshi oktagonga chiqishi belgilangandi. Ammo bu jang o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bu haqda Nurmatovning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Ko'pchilik noto'g'ri tushunyapti. Biz tomondan kamchilik bo'lmadi. Biz qoidani buzmadi. Raqibim vazn qila olmabdi. U ham atayin qilmagandir. Bu sportda ko'p uchraydigan holat. To'g'ri tushuninglar. Iltimos, noo'rin so'z yozmanglar. Allohning xohlagani bo'ladi, biz ojiz qullarni emas!", - dedi Nurmatov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar