So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

20 mar 07:47
Yangiliklar

Tokio-2020

XOQ Tokio-2020ning qoldirilmasligi haqida rasmiy xabar berdi

Teglar :  Tokio-2020Olimpiada
Ayni paytda butun dunyoda keng tarqalib borayotgan koronavirus epidemiyasi sabab ko'plab sport, madaniy tadbirlar bekor qilinmoqda.

Bu yilning eng yirik sport musobaqalaridan biri, shubhasiz, iyul-avgust oylarida o'tadigan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlaridir. Bir qator xorijiy OAVda bo'lajak Olimpiadaning qoldirilishi bo'yicha xabarlar, muhokamalar keng avj olayotgan bir paytda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) bu borada rasmiy bayonot berdi.

Unga ko'ra, bo'lajak Olimpiya o'yinlari belgilangan sanada o'tkaziladi, faqat bunda tashkiliy qo'mita 2 ta eng muhim shartga amal qiladi:

1. Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan har bir sportchi, delegaciya azolarining xavfsizligini taminlash;
2. Olimpiya sport turlari va atletlar manfaatini himoya qilish.

Ayni paytga kelib musobaqaning 57 foiz yo'llanmalari o'z egalarini topib bo'lgan va qolgan 43 foiz licenziyalar taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Qo'lga kiritilgan kvotalar MOQ va sportchilar hisobida qoladi.
2. Rejalashtirilgan kvalifikacion turnirlar har bir jamoa va sportchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yuzaga kelganida adolatli amalga oshiriladi.
3. Saralash tizimidagi har qanday o'zgarishlar quyidagilarga asoslanadi:
– SHu vaqtgacha bo'lgan natijalar (avvalgi ko'rsatkichlar, milliy federaciyalar reytingi va hokazo);
– Mavjud tanlov tamoyillari (kontinental va mintaqaviy musobaqalar, qo'lga kiritilgan reytinglar va boshqalar). Qolgan kvotalar istisno holatlarida Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining ko'rib chiqishi bilan taqsimlanishi mumkin.

Yuqorida keltirib o'tilgan tamoyillarga muvofiq milliy federaciyalar har bir sport turining saralash tizimidagi kamchiliklari bo'yicha alohida takliflar kiritishi mumkin. Har qaysi o'zgarishlar (har bir sport turi uchun) 2020 yil aprel oyining boshigacha elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing