06 apr 12:41
Yangiliklar
XOQ va tashkiliy qo'mita Tokio-2020 byudjetini qayta ko'rib chiqadi
U o'yinlarning bir yilga kechiktirish qarori tufayli moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirish uchun xarajatlarni qisqartirish zarurligini takidladi.
Kristof Dubi qo'shicha xarajatlar kimning zimmasiga tushishi mumkinligini oshkor qilmayapti. Ammo bu XOQ va Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi o'rtasida taqsimlanishini aytib o'tdi.
Avvalroq tashkiliy qo'mita vakillari Yoshira Mori va Toshiro Muto Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini kechiktirish xarajatlarning sezilarli darajada oshishi haqida ogohlantirishgan. O'tgan yilning dekabr oyida o'yinlarning xarajat smetasi elon qilingan bo'lib, unda tashkilotchilar dastlabki ko'rsatkichni 12,6 milliard dollargacha oshirgan.
Taxminlarga ko'ra, Olimpiya o'yinlarining 1 yilga kechiktirilishi qo'shimcha 2,7 milliard dollarga tushadi.
Fikrlar