12 okt 07:42
Yangiliklar
Tadbirlar
Xorazm viloyatida ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o'tkazilmoqda
Dam olish kunlarida Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida Jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan ertalabki badantarbiya mashqlari hamda Sog'lom hayot uchun 5000 qadam loyihasi doirasida ommaviy yurish tadbirlari tashkil qilindi.
Ommaviy sport tadbirlarida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning 150 nafarga yaqin ishchi xodimlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida xotin-qizlar ishtirokida badminton, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo'yicha musobaqalar ham tashkil qilindi.
SHuningdek, tumanda joriy yilning 12-18 oktyabr kunlari tashkil qilinishi belgilangan «Salomatlik haftaligi» doirasida sportning o'yin turlari bo'yicha tuman hokimi kubogi musobaqalari, Milliy sport o'yinlari festivali, Xotin-qizlar spartakiadasi kabi ko'plab ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar