So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

17 apr 09:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Xorazmda “Biz koronavirusni birgalikda engamiz!” xayriya akciyasi davom etmoqda

Bugungi kunda butun dunyoda koronavirus pandemiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, unga qarshi kurashish bo'yicha jiddiy say-harakatlar olib borilmoqda.

Bu borada, mamlakatimizda ham tegishli va samarali ishlar amalga oshirilayotir. SHunday sinovli paytda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan qatlami, kam taminlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish, bemor va qariyalar holidan xabar olish maqsadida korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subektlari xayrli ishlarni amalga oshirishyapti. Mubolag'a emas, bu azal-azaldan, avloddan avlodga  o'tib kelayotgan milliy urf-odat va qadriyatlarimiz silsilasidir.    

Bugungi kunda Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan “Biz koronavirusni birgalikda engamiz!” shiori ostida o'tkazilayotgan xayriya akciyasi doirasida vohaning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan keksa sport faxriylari, yani turli yillarda sport tashkilotlarida ishlagan insonlar, jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari, trenerlar va sportchi faxriylar holidan xabar olinmoqda.  

Ayni damda, akciya tadbirlari vohaning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda. Jumladan, viloyat  jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHakir Madaminov shu kunlarda bog'otlik Qadamboy Ro'zmetov, SHonazar Yo'ldoshev, gurlanlik Yo'ldosh Sodiqov, Rustam Ortiqboev, Urganch tumanida yashovchi Yovbosar SHomuratovlar xonadonida bo'lib, hol-ahvol so'rashdi. O'z navbatida ularni manan qo'llab-quvvatlash maqsadida viloyatda jismoniy tarbiya va sportni yanada  rivojlantirish, etuk sportchilarni voyaga etkazish, buning barobarida, yoshlarni sog'lom ruhda tarbiyalash yo'lidagi ko'p yillik samarali mehnatlari uchun boshqarmaning tashakkurnomasi, shuningdek, koronavirus karantini davrida yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

“Biz koronavirusni birgalikda engamiz!” shiori ostida uyushtirilayotgan mazkur xayriya akciyasida tizim tashkilotlari, shahar va tumanlar bo'limlari, sport talimi muassasalari va sport maktablari jamoalarining hammasi faol ishtirok qilmoqdalar.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing