10 may 16:38
Yangiliklar
Kikboksing
Xorazmda kikboksing musobaqasi tashkil etildi
Xorazm viloyatida kikboksing bo'yicha 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan chempionat bo'lib o'tdi.
Kikboksing sport turining Kik-layt, Lou-Kik, yo'nalishlari bo'yicha o'smirlar, yoshlar, kattalar va qizlar o'rtasida o'rtasida o'tkazilgan Xorazm ochiq birinchiligi qizg'in bahslarga boy bo'ldi. Musobaqa Jahon Kikboksing tashkilotlari associaciyasi (WAKO) qoidasi asosida va Olimpiya tizimi bo'yicha o'tkaziladi.
CHempionatda boshqa davlatlardan, O'zbekiston Kikboksing associaciyaning hududiy bo'limlari va Toshkent shahar bo'limining azolari ishtirok etdi.
Musobaqada 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar ishtirok etdi.
Urganch shahri Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabi manejida bo'lib o'tgan musobaqa yakunida g'olib sportchilar munosib taqdirlandi.
Havola :
Fikrlar