17 okt 18:40
Yangiliklar
Xorazmda Sport haftaligi davom etadi
Mazkur haftalik doirasida bugun Gurlan, Qo'shko'pir tumanlari hamda Xiva shahrida tosh ko'tarish va arqon tortish kabi sport turlari bo'yicha «Milliy sport o'yinlari» festivali hamda velomarafon musobaqalari tashkil qilindi.
Gurlan tumanida tashkil etilgan velomarafonda o'smirlar va yoshlar, arqon tortish bellashuvlarida esa mahallalardagi band bo'lmagan yoshlar o'zaro bellashgan bo'lsa, Qo'shko'pir tumanida o'tkazilgan tosh ko'tarish musobaqasida korxona-tashkilotlar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar To'marisga xos shijoat bilan bellashdilar.
Xorazm viloyati bo'ylab tashkil etilayotgan «Sport haftaligi» doirasida aholining barcha qatlamlarini ommaviy sportga keng jalb qilish ko'zda tutilgan.
Fikrlar