So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

10 iyu 16:36
Yangiliklar

Tadbirlar

Xorazmda "yashil" hududlardagi sport sekciyalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda

Xorazm viloyatining "yashil" hududlarida sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 1 iyundagi “O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra hududlarda sport mashg'ulotlarini tashkil etish to'g'risida”gi 645-sonli buyrug'iga asosan Xorazm viloyatining "yashil" hududlarida sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

Xorazm viloyati hokimining 2020 yil 4 iyundagi “Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha viloyat maxsus komissiyasi yig'ilishi”ning 21-sonli bayoniga asosan Xorazm viloyatining Urganch shahri, shuningdek, Gurlan, Xonqa va SHovot tumanlari "qizil" hududga kiritilganligi bois mazkur hududlarda sport mashg'ulotlari to'xtatildi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev rahbarligida  2020 yil 8 iyun kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida "yashil" hududlarda sport mashg'ulotlari karantin qoidalari asosida davom ettirilmoqda. Jumladan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada  keng jalb qilish maqsadida sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari xulosasiga asosan Xiva shahri, Yangiariq, Xiva va Qo'shko'pir tuman bolalar-o'smirlar sport maktablarida 42 ta sport turi bo'yicha to'garaklarda mashg'ulotlar boshlab yuborildi.

Xiva shahar bolalar-o'smirlar sport maktabida bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish, Yangiariq tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida badminton, badiiy gimnastika, Xiva tumanida og'ir atletika, mini futbol sport turlari bo'yicha sekciyalar faoliyati Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi. Bundan ko'zlangan maqsad, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni xalqqa etkazish, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing