So’nggi yangiliklar

10:30Ҳасанбой Дўсматов, Иқболжон Холдаров ва бошқа боксчиларимиз жанг қилиши керак бўлган Қирғизистондаги турнир бу сафар биратўла бекор бўлди 0 09:57Пара Осиё ўйинларига саралаш турнирида 11 та медаль қўлга киритилди 0 09:26Мовсар Евлоев ниҳоят титул жангида қатнашади! 0 08:55Терма жамоамиз АҚШда машғулотларни бошлади (ФОТО) 0 07:30U23 ёш тоифасидаги курашчиларимиз Осиё чемпионатида 15 та медаль жамғаришди 0 01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0

15 sen 13:37
Yangiliklar

Tokio-2020

Xorazmlik paralimpiyachilarga ham uylarning kaliti topshirildi + FOTO

Teglar :  ParalimpiyaXorazm
XVI Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etgan sportchilarni o'z viloyatlarida tantanali kutib olish marosimlari davom etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Xorazmda bo'lib o'tdi. Unda sportchilari va ularning murabbiylari, ota-onalari, sportchi yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Farhod Ermanov Paralimpiya o'yinlari g'oliblarini erishgan ulkan g'alabalari bilan yana bir bor muborakbod etib, sportchilarning murabbiylari va ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

XVI Paralimpiya o'yinlarida bog'otlik paradzyudochi Uchqun Quronboev oltin, shovotlik Ro'za Qo'zieva para pauerlifting bo'yicha kumush, bog'otlik paradzyudochi Nafisa SHaripboeva bronza medalni qo'lga kiritdi.

Viloyat hokimi Paralimpiya o'yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni munosib taqdirladi. Paradzyudochi Uchqun Quronboev va uning murabbiyi Alfiya Ibragimovalarning har biriga ikki xonali, pauerliftingchi Ro'za Qo'zieva va paradzyudochi Nafisa SHaripboevalarga esa bir xonali uylar tantanali ravishda topshirildi.

Sportchi va murabbiylar, ota-onalar so'zga chiqib, davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan yuksak etibor va rag'bat uchun minnatdorlik bildirdilar, 2024-yilda Parijda bo'ladigan Paralimpiya o'yinlarida bundan ham yuqori natijalarni qo'lga kiritishga vada berdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing