14 avg 20:16
Yangiliklar

Xorazmlik yosh belbog'li kurashchilar onlayn tarzda bahs yuritishdi
Ana shunday musobaqalardan biri Xorazm viloyati belbog'li kurash federaciyasi tomonidan uyushtirildi. Onlayn ravishda tashkil etilgan viloyat birinchiligida 2006-2007 yilda tug'ilgan yosh belbog'li kurashchilar 30 soniya ichida erga tayangan holda yotib-turish(“otjimanie”) mashqini eng ko'p bajarish bo'yicha o'zaro bellashishdi.
Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, birinchi o'rinni Mardonbek Po'latov qo'lga kiritdi. Saidali Polvonov ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Muhammadsharif Jumaboev va Muhammadjon Tojiboevga uchinchi o'rin nasib etdi.
G'olib va sovrindor sportchilar Xorazm viloyati belbog'li kurash federaciyasining tegishli darajadagi diplomi va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlanishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazmdan maxsus
Fikrlar