23 fev 10:34
Yangiliklar
Xorxe Masvidal Jastin Getjini "sindirish"ga vada berdi
Masvidal Neyt Diasga qarshi kechgan jangda ushbu maxsus kamarni qo'lga kiritgandi.
"Kamarni yutib olgan paytimda, Dana menga bu kamar bitta jang uchun tayyorlangan va uni himoya qilishing shart emas degandi. Boshqa bu haqda gap bo'lmagan edi. Lekin keyin bu kamar uchun jang tayinlandi. Jastin yaxshi, unga hech qanday adovatim yo'q. Bu kamarni qo'lga kiritish uchun u haqiqiy "killer" Dastin Poredan ustun keldi. Agar siz meni Jastinga qarshi qo'ysangiz, ishoning men uning suyaklarini sindirib, bo'laklarga bo'lib tashlayman. Ishonchim komil, bu xodisa bir kun amalga oshadi", - dedi Masvidal.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning aprel oyida Xorxe Masvidal ochkolar hisobiga ko'ra Gilbert Bernsga yutqazib qo'ygandi. Bu uning ketma-ket qabul qilib olgan to'rtinchi mag'lubiyati edi. O'sha jangdan keyin u faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Jastin Getji esa 13 aprel kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 300 turnirida BMF kamarini Maks Xolloueydan himoya qiladi.
Fikrlar