So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

06 apr 16:30
Yangiliklar

Futbol

Xose Mariya Mendes: "O'zbekiston futzalidagi yana bir yangi sahifani boshlashdan xursandman"

Teglar :  Xose Mariya Mendes
O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Men uchun O'zbekiston terma jamoasini yana bir bor boshqarish sharaf. Barchaga omad tilayman. Eski do'stlarimni ko'rib turganimdan xursandman. Birinchi navbatda, Futzal federaciyasiga rahmat aytaman. Federaciya prezidenti chin ko'ngildan futzalni sevuvchi inson ekan. Muzokaralar davomida Federaciya o'z oldiga qo'ygan katta maqsadlar va yirik loyihalar haqida aytdi. Menda boshqa variantlar ham bor edi, ammo yakunda yana O'zbekistonga qaytishni lozim topdim. O'ylaymanki, ikki tomon ham to'g'ri qaror qabul qildi. Men ikkinchi uyimga qaytdim, deya olaman.

SHuningdek, o'zbek futzalining yangi loyihasi menga yoqdi. Hali ham mening davrimda o'ynagan futbolchilar bor, ammo asosiy avlod almashgan. Ular juda iqtidorli ekan. Men O'zbekiston futzalidagi yana bir yangi sahifani boshlashdan xursandman. O'zbekistonda doim kuchli o'yinchilar bo'lgan.

Ertadan yig'inga kirishamiz. Saudiya Arabistoni o'tishi kerak bo'lgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari so'roq ostida, ammo biz tayyorgarlikni boshlaymiz. Yangi futzalchilar bilan tanishib olaman. Iyun oyida ham yig'in o'tkazamiz. Maqsadimiz — kuchli terma jamoalarga qarshi ko'proq o'ynash.

Kechagi o'yinlarni ko'rganimda, mening davrimda terma jamoada o'ynagan yigitlar hozir murabbiylik qilayotganiga guvoh bo'ldim. O'yinchilar haqida gapiradigan bo'lsam, fikrlarim ijobiy. So'nggi yillarda ular ko'plab xorijlik murabbiylar bilan ishladi. Xose Venanasio Lopes kabi katta nomlar MTJni boshqardi.

Terma jamoaga fizioterapevt jalb etishimiz kerak. O'zbekiston ishtirok etgan so'nggi musobaqalarda jarohatlar soni biroz ko'payib ketgandek tuyuldi. SHuning uchun ushbu holatni darhol to'g'rilashimiz talab etiladi.

So'nggi mundialdagi qoniqarsiz natijaning asosiy sababi etakchilar tarkibida bo'lmagan deb o'ylayman. Asosiy tarkibning uch nafar azosi jarohat tufayli musobaqani o'tkazib yubordi”, – dedi mutaxassis.

2.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing