26 okt 07:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Xose Pedrasa: “Lomachenko hech qachon men kabi raqib bilan jang qilmagan”
O'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Xose Pedrasa ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
“Agar texnika tomonidan yondashadigan bo'lsak, ishonchim komilki, Lomachenko hech qachon men kabi jangchi bilan to'qnash kelmagan. Boz ustiga jang Nyu-Yorkda o'tkaziladi. Arenada puertorikaliklar ko'p bo'ladi.
Jang kuni o'zgacha Pedrasani ko'rasizlar. Nimalarga qodir ekanimni hammaga namoyish etaman”, - dedi Pedrasa.
Malumot uchun, Lomachenko - Pedrasa jangi 8 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar