23 avg 00:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarov ishtirokidagi Mangu 4 asosiy jangi birinchi raundda yakunlandi
Andijon shahridagi "Universal" sport saroyida aralash yakka kurash bo'yicha Mangu 4 musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.
Oqshomning markaziy jangi o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Xotambek Boynazarov va Portugaliya vakili Renjel de Sa o'rtasida kechdi.
Jang birinchi raundda Xotambekning g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsda texnik nokaut qayd etildi.
Aslida, mazkur qarama-qarshilik 6 iyun kuni Samarqandda bo'lib o'tgan Mangu 3 turnirida o'tkazilishi kerak edi. Ammo Boynazarovning jang oldidan sog'lig'ida muammolar paydo bo'lgani bunga to'sqinlik qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar