08 may 17:52
Yangiliklar
Xotambek Boynazarov UFC'da Xoakin Bakli bilan jang qilish haqida gapirdi
"Bakli bilan jang qilish uchun UFC'da bir nechta jang o'tkazishim kerak bo'ladi, chunki u kuchli o'nlikda. Birinchi jangimdanoq uni raqib sifatida menga berishmaydi. Lekin hamma bilan jang qilsa bo'ladi, tayyorgarlik yaxshi bo'lsa bo'ldi. Baklini "kuchli" deyishadi, lekin Kamaru Usman uni yutganku? Kamaru Usmanni esa Xamzat mag'lub etgan. Nursulton Ro'ziboev bilan jangi haqida gapiradigan bo'lsam, Nursulton aka o'rta vaznda zo'r ketyapti. Menimcha, shu vaznda jang qilgani maqul. Bakli bilan yarim o'rta vaznga tushish uchun ko'p vazn tashlagan edi, bu esa baribir quvvatni ketkazadi. Tayyorgarlikka ham tasir qiladi. Qisqa vaqt ichida Xoakin Baklidek top jangchi bilan bellashish katta tavakkal edi", deydi Boynazarov.

Fikrlar