So’nggi yangiliklar

15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0 13:19Волкановски - Евлоев жангини Оқ уйда ўтказиш таклифи берилди 0 12:58Хосеп Гвардиола: "Артета деярли енгилмас жамоани тузган" 0 12:37Элина Свитолинада кутилмаган мағлубият 0 12:16Боксчимиз WBC камари учун қозоғистонлик рақибига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 11:55Евлоев ғалабадан сўнг: Лондонни эгалладик, энди навбат Сиднейга! (ФОТО) 0 11:34Sofascore. "Арсенал"га қарши учрашувда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:13Тошкентда сквош бўйича халқаро мусобақа ўтказилди 0 10:52Царукян Мовсар Евлоевнинг чемпионлик имкониятига эга чиққанини ҳазм қила олмаяпти 0 10:31Уайт Нейт Диаз ва промоушен ўртасидаги шартномага муносабат билдирди 0 10:10"Интер Майами" "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этди. Месси 901-голини урди 0

02 iyu 05:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Xrgovich, Bivol, Uaylder va boshqa yulduzlar Saudiya Arabistonida ringga chiqdi (Barcha natijalar bitta sahifada)

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri yana bir katta professional boks oqshomiga mezbonlik qildi.

Oqshomning markaziy jangida og'ir vazn toifasida WBC sobiq chempioni, amerikalik Deontey Uaylder Xitoy vakili CHjan CHjiley bilan to'qnash keldi.

Co main event'da esa xorvatiyalik charm-qo'lqop ustasi Filipp Xrgovich Daniel Dyubuaga qarshi ringga chiqdi.

Bundan tashqari, oqshom doirasida yarim og'ir vazn toifasida WBA va IBO kamari sohibi, rossiyalik Dmitriy Bivol, yarim engil vaznda WBA chempioni, hamyurtimiz Otabek Xolmatovni mag'lub etgan amerikalik Raymond Ford jang qildi.

SHuningdek, turnir doirasida Quinsberry (Frenk Uorren) hamda Matchroom (Eddi Xirn) promouterlik kompaniyalari 5 ga 5 formatida boks qarama-qarshiligini tashkil etdi. Unda Quinsberry Matchroom ustidan 10:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu sahifa orqali musobaqada qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


Quinsberry 10-0 Matchroom 


Markaziy jang, og'ir vaznda: CHjiley CHjang (Xitoy, 27-2-1) - Deontey Uaylder (AQSH, 43-4-1), (5-raundda KO-TKO);

Og'ir vaznda: Daniel Dyubua (Buyuk Britaniya, 21-2-0) - Filipp Xrgovich (Xorvatiya, 17-1-0), (8-raundda KO-TKO); 

Yarim og'ir vaznda WBA va IBO kamarlari uchun: Dmitriy Bivol (Rossiya, 23-0-0) - Malik Zinad (Liviya, 22-1-0), (6-raundda KO-TKO); 

O'rta vaznda: Hamza SHeraz (Buyuk Britaniya, 20-0-0) - Ostin Uilyams (AQSH, 16-1-0), (11-raundda KO-TKO); 

Yarim engil vaznda WBA kamari uchun: Raymond Ford (AQSH, 15-1-1) - Nik Boll (Buyuk Britaniya, 20-0-1), (Ochkolar hisobiga ko'ra); 

Yarim og'ir vaznda: Villi Xatchinson (SHotlandiya, 18-1-0) - Kreyg Richards (Buyuk Britaniya, 18-4-1), (Ochkolar hisobiga ko'ra).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing