01 iyu 20:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Xurshidbek Rasuljonov rossiyalik, Aziz Tojiev esa o'zbekistonlik bokschi ustidan g'alaba qozondi
Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan Base Club arenasida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Mazkur oqshom doirasida uch nafar hamyurtimiz ham ringga ko'tarildi.
Jumladan, Xurshidbek Rasuljonov (4-0) Rossiya vakili Maksim Azimovga (1-3-2) qarshi jang qildi. Olti raundga mo'ljallangan ushbu jang to'liq davom etdi va unda hakamlar qarori bilan (2:1) Xurshidbek g'alaba qozondi.
Yana bir jangda esa ikki o'zbekistonlik o'zaro to'qnash keldi. Azizbek Tojiev Sardor Muzaffarovga qarshi ringga chiqqan bahs ikkinchi raundda yakunlandi. Unda Tojiev raqibini texnik nokaut orqali mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar