So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

04 may 11:39
Yangiliklar

Dzyudo

Xushxabar! Vyacheslav Pereteyko Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Hakamlar qo'mitasi bu borada O'zbekiston dzyudo federaciyasiga rasmiy maktub yo'lladi va tegishli sertifikatni taqdim etdi.

Hujjatda aytilishicha, xalqaro toifadagi referi Vyacheslav Pereteyko Parij-2024 Olimpiadasining dzyudo bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar ro'yxatiga rasman kiritilgan. 

Takidlash joiz, Vyacheslav Pereteyko IJF bayrog'i ostida o'tkazib kelinayotgan musobaqalarda hakamlik qilib, o'zini ijobiy tomondan namoyon eta oldi. Bu esa o'z o'rnida uning hakamlikdagi eng oliy orzusini ro'yobga chiqardi.  

"Qadrli Vyacheslav Pereteyko! Biz sizni olimpiya o'yinlarida hakamlik qiladigan referilar safidan joy olganingiz bilan tabriklaymiz. Siz bunga o'z mehnatingiz hamda IJF bayrog'i ostida o'tkazilayotgan turnirlardagi muvaffaqiyatli hakamligingiz orqali erishdingiz. Sizga bo'lajak Olimpiadada ham omad tilaymiz", deyiladi Armen Bagdasarov, Ki-Yong Jeon va Daniel Laskau imzolagan maktubda.    


MA'LUMOT UCHUN:

Vyacheslav Pereteyko - 1981 yil 19 yanvarda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Sportchilik faoliyati davomida asosan -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sport sharafini himoya qilgan. Afina-2004 Olimpiadasi ishtirokchisi, Osiyo chempionatlarining kumush va bronza, Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori bo'lgan. 2020 yilgi Tokio Paralimpiya o'yinlarida hakamlik qilgan. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Vyacheslav Pereteykoni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi. Tokio-2020 Olimpiadasida Ramziddin Saidov dzyudo bellashuvlarida hakamlik qilgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing