So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

04 iyu 16:46
Yangiliklar

Tadbirlar

XXX yozgi Universiada o'yinlarining ochilish marosimidan FOTOGALEREYA

Italiyaning Neapol shahridagi San-Paulo stadionida XXX yozgi Universiada o'yinlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada 120 ga yaqin davlatdan 9000 nafarga yaqin talaba sportchilar yozgi universiada tarkibidan o'rin olgan 18 ta sport turi bo'yicha bellashadi.

Har ikki yilda o'tkaziladigan ushbu universiadada 42 nafar o'zbekistonlik talabalar engil atletika, dzyudo, taekvondo WTF, badiiy gimnastika, tennis, sport gimnastikasi, o'q otish hamda kamondan otish sport turlari bo'yicha medallar uchun bahs olib borishadi.

«Balich Worldwide Shows» tomonidan tayyorlangan ochilish marosimiga butun dunyo bo'ylab 1000 nafardan ortiq ijrochi va katta istedod sohiblari taklif etilgan. Loyiha negizidagi tushunchalar Universiada logotipining «U» harfiga asoslanadi. Ushbu stadion dizayni Neapolda kutilayotgan 120 dan oshiq mamlakatdan kelgan universitet sportchilariga ikki yirik qo'l uzatib turgandek taassurot uyg'otadi.

Napoli ko'rfaziga o'xshab, San-Paolo stadioni mehmondo'stlik va madaniy hayotning ajoyib ramzi bo'lib qolishiga astoydil harakat qilingan.

Xalqaro universiada va olimpiadalarning eng hayajonli daqiqalari — har bir mamlakat delegaciyasining o'z bayrog'ini baland ko'tarib madhiya sadolari ostida chiqib kelishi. Qariyb 80 mingga yaqin muxlislar bilan to'lib-toshgan stadionga O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini, dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Olimpiya o'yinlari chempioni, ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi Suxrob Tursunov baland tutgan holda olib kirdi. 

Bayrog'imiz ortidan Vatan sharafini munosib himoya qiladigan, bahslarda o'zbek farzandlari hech kimdan kam emasligini dunyoga yana bir karra ko'rsatadigan sportchilar, murabbiy va mutaxassislar maydonga kirib keldi.Tantali ochilish marosimida musobaqada delegaciyamizga rahbarlik qilayotgan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hamda mamlakatimizning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov ishtirok etdi.

SHunday qilib, XXX yozgi Universiada o'yinlari boshlandi. Musobaqalarda sportchilarimizga g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing