So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

29 iyu 13:10
Yangiliklar

Tennis, Dzyudo, Taekvondo

XXXI yozgi butunjahon Universiada o'yinlarining ilk musobaqalari boshlandi

Xabar berganimizdek, kecha Xitoy Xalq Respublikasining CHendu shahrida XXXI yozgi butunjahon Universiada o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Aytish lozim, Xitoyda boshlangan Universiada o'yinlarida dunyoning 119 ta davlatidan 5100 nafardan ziyod talaba-sportchilar 18 ta sport turidagi 269 ta medallar jamlanmasi  uchun bahs olib boradi.

Mazkur Universida musobaqalarida mamlakatimiz talaba-sportchilari 7 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Taekvondo sport turidan 14 nafar, dzyudo 14, gimnastika 3, tennis 6, engil atletika 7, ushu 5, qilichbozlik sport turida 20 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib borishi belgilangan.

Bugun, 29 iyul kuni CHendu shahridagi Universiada shaharchasida terma jamoamiz uchun tashkil qilingan "CHendu-2021” shtabida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Maxmudov terma jamoamiz azolari bilan uchrashdi.  

Muloqot davomida tashkiliy masalalar muhokama qilinib, musobaqalarni yuqori darajada boshlash bo'yicha har bir sport turi bo'yicha rejalar tayyorlanib umumlashtirildi. Sport turlari bo'yicha murabbiy va mutaxassislarning fikr-mulohazalari tnglanib, zarur yo'l-yo'riq hamda ko'rsatmalar berib o'tildi.

Bugun kun davomida 11 nafar sportchilarimiz musobaqalarda ishtirok etishga kirishadi. Jumladan, tennis sport turida Nasiba Espolova va Omina Valixanova yakkalik baxsining dastlabki bosqichida ishtirok etsa, ushu sport turida Darya Latisheva nandao dasturida, Aziz Qahramonov changkuan dasturida chiqish qiladi. 

Universiada o'yinlarining dzyudo musobaqalarida Fotimaxon Tursunboeva 48 kilogrammda, Gulxayo Juraeva  52 kilogrammda, Yulyana Maksetbaeva 57 kilogrammda, Kamoliddin Baxtiyorov 60 kiloda, Abdurahim Nutfulloev 66 kiloda medallar uchun kurash olib boradi.

To'lqin RO'ZIEV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing