10 may 12:57
Yangiliklar
Futbol

Yamal mashhur brendning elchisi bo'ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Beats by Dre (quloqchin va dinamikalar ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi)ning yangi jahon elchisi etib tayinlandi.
Avvalroq Yamal tarkibidagi "Barsa" yarim final bosqichida Milanning "Inter" jamoasiga mag'lub bo'lib, CHempionlar Ligasidan chiqib ketgan edi. 11 may kuni kataloniyaliklar mashhur "El Klasiko"da "Real" bilan to'qnash keladi.
Uchrashuv oldidan "Barsa" 79 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Real" 75 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : goal.com
Fikrlar