02 may 14:40
Yangiliklar

"Yamal Messidan yaxshiroq". "Barselona" sobiq futbolchisi hayratlanarli bayonot bilan chiqdi
CHempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" – "Inter" (3:3) o'yinidan so'ng de Bur dadil bayonot berdi va bu qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda.
"Yamal bu yoshda Messidan kuchliroq. Messi 21 yoshida o'ynay boshlagan, shuning uchun hozir bu yoshda u 16, 17, 18 yoshda bo'lgan Messidan kuchliroq va yaxshiroq.
Men uchun yagona farq – bu izchillik. Messi jamoada 10, 12, 13 yil aql bovar qilmas darajada o'ynadi. U buni uddalay oladimi? U formasini saqlab qololadimi?", – dedi de Bur.
"Inter"ga qarshi o'yin Yamal uchun "Barselona" tarkibidagi 100-si bo'ldi. Bu vaqt ichida u 22 ta gol urdi va 32 ta golli pas uzatdi. Bu yoshda Lionel Messi bor-yo'g'i 9 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar