14 apr 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Yan rus bo'lgani uchun Sterlingga mag'lub bo'ldi"
Aralash yakkakurash bo'yicha rossiyalik jangchi Vyacheslav Dacik hamyurti Petr Yanning amerikalik Aljameyn Sterlingga mag'lub bo'lgani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dana Uayt aytganidek, hakamlar noto'g'ri qaror chiqarishdi. Xo'sh, nega Yan yutqazdi? U rus bo'lgani uchun mag'lub bo'ldi. Har doimgidek, hamma narsa xakamlarning noto'g'ri qarorlariga bog'liq",- dedi Dacik Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Yan va Sterling o'rtasidagi revansh UFC 273 turnirida o'tkazildi. Yakunda hakamlar qarori bilan 47-48, 48-47, 47-48 hisobida rossiyalik jangchi mag'lub bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda rossiyalik sportchi to'rtinchi raundda taqiqlangan zarba bergani uchun kamar Sterlingga berilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar