24 fev 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yan Sterling ustidan to'liq nazorat qiladi". Yanning murabbiyi Sterlingga qarshi revansh haqida fikr bildirdi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Pyotr Yanning jismoniy tayyorgarligiga masul murabbiyi SHon Kober rossiyalik jangchining Aljemeyn Sterlingga qarshi revansh jangi haqida fikr bildirdi.
"O'ylashimcha, Pyotr Sterling ustidan to'liq nazorat qiladi. U hozir, shunchaki, ajoyib. U mashg'ulotlarni men ko'rgan eng zo'r formada boshladi. U yaxshi harakat qilmoqda, uning atrofida ajoyib jamoa yig'ilgan. SHunday ekan, o'ylaymanki, bu oqshom Aljemeyn uchun juda qiyin kechadi", - Koberning so'zlarini keltiradi Metaratings.
Pyotr Yan UFC 259 turniri doirasida Aljemeyn Sterlingga qarshi jangda mag'lubiyatga uchrab, chempionlik kamaridan ayrilgan edi. Jangning to'rtinchi raundida Yan raqibining bosh qismiga taqiqlangan tizza zarbasini yo'llagan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar