So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

05 jan 16:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Yan va CHimaev UFC White House turniri ishtirokchilari bo'lishi aytildi

UFC sharhlovchisi Jon Anik 2026 yil 14 iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan tarixiy UFC White House shoucida tashkilot chempionlik kamarlari uchun rekord darajada - olti yoki etti jang bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp sakkiz yoki to'qqizta titul jangi bo'lishi mumkinligini aytgan edi.

Turnir Vashingtondagi Oq uy maydonida o'tkazilib, MMA tarixidagi eng ramziy voqealardan biriga aylanishi kerak. UFC rahbari Dana Uayt kard juda yulduzli bo'lishini aytgan, ammo jangchilarning aniq ro'yxati fevral oyida shakllantiriladi.

"Sakkizta titul jangi juda idealistik va o'ta shijoatli g'oya, lekin menimcha, biz olti yoki ettita to'liq chempionlik jangi bo'ladigan yo'nalishga qarab ketyapmiz. 1 fevralga qadar UFC 324 va UFC 325 o'tib bo'ladi. Barcha chempionlar bo'sh bo'ladi. Fevralda raqamli turnirlar yo'q, mart boshida esa BMF kamari uchun jang bo'ladi — u haqiqiy titul hisoblanmaydi. Keyin aprel yoki mayda raqamli iventlar, undan so'ng 14 iyun — ko'plab chempionlar tayyor bo'ladi.

Og'ir vazndagi chempionlik jangi Tom Aspinall — Siril Gan o'rtasida Oq uy maydonida o'tkaziladi, deb o'ylayman. Joshua Van — Tacuro Tayra jangi yilning birinchi yoki ikkinchi choragida bo'lishi mumkin. Xamzat CHimaev esa, ehtimol, aynan Oq uyda jang qiladi. Aleks Pereyrani nima uchun erta hisobdan chiqaryapsiz? Uning o'zi Oq uyni kutmoqchi ekanini aytgan. Merab Dvalishvili va Pyotr Yan ehtimol o'z trilogiyasini shu erda yakunlaydi", — dedi Anik. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing