30 okt 19:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir UFC jangchisi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Askar Askarov ijtimoiy tarmoqlarida UFCʼni tark etganini malum qildi.
"Mening qaytishim sog'lig'im sababli kechiktirilgani va bu shartnoma bo'yicha so'nggi jangim bo'lgani uchun UFCʼdan meni qo'yib yuborishni so'radim va ijobiy javob oldim. Avval sog'lig'imizni tartibga solamiz, nima va qanday bo'lishini keyin ko'ramiz", — deb yozadi Askarov o'z sahifasida.
15 oktyabr kuni Royval va Askarov o'rtasidagi jang UFC Vegas 62 turnirida bo'lib o'tishi kerak edi.
Rossiyalik sportchi jang qilishdan bosh tortdi. SHu yilning iyun oyida Askarov nomalum sababga ko'ra Aleks Peres bilan jangni bekor qilindi.
Aralash yakka kurashlarda Askarov 15 ta jang o'tkazib, 13 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar