14 dek 14:43
Yangiliklar
Tennis
Yana ikki tennischiga Australian Open wild card chiptasi taqdim etildi
Yilning dastlabki "Katta Dubulg'a" turniri hisoblangan Australian Open musobaqasining imtiyozli yo'llanmalari sohiblari aniqlanmoqda.
Bu safar tashkilotchilar dunyoning 109-raketkasi bo'lib turgan Diana Parri hamda ATP reytingi da 137-pog'onada borayotgan Lyuk van Ashga turnirning asosiy to'rida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini beruvchi wild card imtiyozli yo'llanmasini taqdim etishdi.
Takidlash joiz, 20 yoshli Parri "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning asosiy to'rida to'qqizinchi bor kortga chiqadi. Eng yaxshi natijasi shu yil "Rolan Garros" va "Uimbldon" turnirlarida uchinchi davraga etib kelgani bo'lgan. 18 yoshli Ash esa faoliyatida ilk bor asosiy to'rda o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar