08 iyu 16:41
Yangiliklar
Dzyudo

Yana to'rt yosh dzyudochimiz Kocaeli European Judo Hopes turnirida shohsupaga ko'tarildi
Turkiyaning Izmit shahrida o'smirlar o'rtasida nufuzli xalqaro turnir davom etmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kuni "Diplomat Judo Club" tarbiyalanuvchilari uchun omadli keldi. Ular 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Turnirning birinchi kuni SHohjahon Usmonov 50 kg vaznda Kocaeli European Judo Hopes turniri g'olibiga aylangandi.
Kocaeli European Judo Hopes turnirida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Kumush medal
SHoxdiyor Umarov (-50 kg)
Bronza medallar
Jasur Aliev (-26 kg)
Sardorbek Bekov (-26 kg)
Akbar Akramov (+55 kg)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar