So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

11 dek 12:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Yangi chempion Fabio Uordlining qachon qaytishi aytildi

Superog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishining yangi chempioni Fabio Uordlining jamoasi rejalar bilan o'rtoqlashdi.

Xabarda aytilishicha, WBC, IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik bilan birlashtiruvchi jang umididan voz kechilgan. Uning o'rniga kelasi yilning aprel oyida birinchi chempionlik himoya jangini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik Jozef Parker va Fabio Uordli o'rtasidagi vaqtinchalik WBO chempionlik jangi g'olibi bilan jang qilishga rozi bo'ldi. Ammo 25 oktyabr kuni Uordli Parkerni mag'lub etganida, Usik jangdan ham, WBO kamaridan ham voz kechdi.

Britaniyalik 30 yoshli Uordli so'nggi daqiqalargacha Usikning fikridan qaytishiga umid qilgandi. Ammo endi uning promouteri Frenk Uorren Usik bilan keyingi jang sanasi va raqibi haqida gaplashmoqchi.

"Parkerning jangi oldidan Usik g'olib bilan to'qnash kelishini aytdi, ammo keyin fikridan qaytdi. Ko'rinib turibdiki, u tavakkal mukofotga arzimaydi, deb o'ylaydi", - deya Uorrenning so'zlarini keltiradi talkSPORT. - O'ylashimcha, biz bu jang uchun futbol stadionini sotgan bo'lardik, uni "Tottenhem" stadionida o'tkazishimiz mumkin edi.

"Fabio aprel oyida ringga qaytadi. Men u va uning menejeri bilan kelasi hafta uchrashaman. Tushlik qilib, keyin nima qilishimizni hal etamiz. Ko'plab variantlar bor" - deya qo'shimcha qildi promouter.

WBO chempionligi uchun ehtimoliy davogarlar reytingning ikkinchi va uchinchi raqamli bokschilari Filip Xrgovich va CHjan CHjiley hisoblanadi. Ammo yangi jahon chempionini britaniyalik ikki sobiq jahon chempionlari Daniel Dyubua va Entoni Joshua ko'proq qiziqtirishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing