06 mar 08:27
Yangiliklar
Boshqalar
Yangi golf-kurort majmuasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi
Sport vazirligida Malayziyaning “Spora Global Sdn Bhd” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda vazir o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda mamlakat golf federaciyasi raisi Dilshod Toxirov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Toshkent viloyati hududida zamonaviy golf-kurort majmuasini barpo etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Tomonlar ushbu tashabbusning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, golf sport turini mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro musobaqalarni o'tkazish va sport turizmini rivojlantirish borasidagi istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.







Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar