So’nggi yangiliklar

16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0 20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0

13 sen 10:39
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarovda tatimagan g'alaba, Magnus va uning jamoasida mag'lubiyat

Hindistonning Bangalor shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turnirda bugun chempionlik va uchinchi o'rin uchun matchlar o'tkaziladi.

O'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa ishtirokidagi musobaqa o'zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Bugun turnirda g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi —  Icon taxtasida dona surmoqda.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining navbatdagi kuni Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi franciyalik taniqli grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav boshchiligidagi Cheq Mumba Masters jamoasiga 6:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sindarov raqib safidagi eng kuchli raqibni mag'lub etdi. Nihal Sarin esa vatandoshi Praneshga kutilmaganda yutqazib qo'ydi. Aynan shu mag'lubiyat yakunda Fyers American Gambits jamoasining umumiy hisobda yutqazishini taminladi. 

Javohirning jamoadoshlari Daniil Dubov ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov bilan, Bibisara Assaubaeva esa hindistonlik jahon chempioni Harika Dronovalli bilan durang o'ynadi. Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham raqiblariga yutqazishdi.  

Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasi ham bu turda Triveni Continental Kings klubidan kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Birinchi doskada o'ynagan jamoa sardori Magnus Karlsen oq donalarda harakat qilganiga qaramay, Alireza Firuzdjaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Musobaqaning so'nggi kuni oldidan Ganges Grandmasters va Alpine Apl Pipers jamoalari 18 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlikni yuzaga keltirishdi. Bugun bu ikki jamoa chempionlik uchun o'zaro dona surishadi. Fyers American Gambits va Cheq Mumba Masters jamoalari hisobida 15 ochkodan bor va bu ikki jamoa bugun uchinchi o'rin, yani bronza medallari uchun o'zaro yana bir bor kuch sinashadi. Bugun Sindarovning Fyers American Gambits jamoasi kechagi mag'lubiyat uchun revansh olishga urinib ko'radi. Medallar uchun kechadigan har ikki juftlik o'yinlari ikki uchrashuvdan iborat bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing