So’nggi yangiliklar

11:38Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0 10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0

14 sen 07:01
Yangiliklar

SHaxmat

Javohir Sindarov sardorligidagi jamoa shohsupada, Magnus chempion bo'la olmadi! (+FOTO)

Hindistonning Bangalor shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turniri o'z yakuniga etdi.

O'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa ishtirokidagi musobaqa murosasiz kurashlar ostida o'tdi. Nufuzli turnirning so'nggi kuni chempionlik va uchinchi o'rin uchun bahslar o'tkazildi. 

Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qildi. Javohirning jamoasidan qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem joy olgandi. Sindarov sardor sifatida barcha uchrashuvlarini jamoasining birinchi —  Icon taxtasida raqib jamoalarning birinchi raqamli shaxmatchilariga qarshi dona surdi.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining so'nggi kuni Javohir Sindarov boshchiligidagi Fyers American Gambits jamoasi franciyalik taniqli grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav sardorligidagi Cheq Mumba Masters jamoasiga qarshi bronza medallari uchun bahs olib bordi. Fyers American Gambits har ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonib (4:2, 3,5:2,5), musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Turnir chempionligi uchun kechgan bahsda Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasi Yan Nepomnyashiy sardorligidagi Ganges Grandmasters jamoasiga biroz kutilmaganda imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan kifoyalandi. Ganges Grandmasters chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. 

Musobaqa chempioni Ganges Grandmasters bosh sovrin bilan birga 250 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Kumush medal sohiblari Alpine Apl Pipers jamoasi 125 000, bronza medal egalari Fyers American Gambits jamoasi 75 000 dollarga ega chiqdi. To'rtinchi o'rinni band etgan Cheq Mumba Masters jamoasi 50 000 AQSH dollari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing