06 sen 13:05
Yangiliklar
Tadbirlar

“Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari”ning 2-bosqich yakuni bo'yicha matbuot anjumani o'tkazildi
Sport vazirligida “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” musobaqalarining 2-bosqich yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov va Sport vazirligi bo'lim boshliqlari ishtirok etib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Rasmiylar anjumanda bellashuvlar shaffof va yuqori saviyada tashkil etilgani, turli hududlarda bir qator iqtidorli yoshlar kashf etilgani, bazi dasturlarda qayd etilgan yuqori natijalar xususida malumot berishdi.
SHuningdek, barcha hududlarda g'alaba qozongan sportchilar endilikda musobaqaning yakuniy bosqichi — Prezident Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rishni boshlagani xususida ham to'xtalib o'tishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar