16 dek 10:54
Yangiliklar
Tadbirlar
“Yangi O'zbekiston - yangi saylovlar” nomi ostida o'tkazilgan fleshmobda sportchilar ham ishtirok etdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 22 dekabr sanasida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar bo'lib o'tadi.
SHu kuni har bir yurtdoshimiz saylov jarayonlarida faol ishtirok etib, fuqarolik burchini bajarishiga ishonamiz. Jumladan sportchilarimiz ham kelajak uchun muhim qarorni qabul qilishda faol qatnashadilar.
Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mashhur sportchi va trenerlar poytaxtimizdagi “Xalqlar do'stligi” maydonida o'tkazilgan “Yangi O'zbekiston – yangi saylovlar” nomi ostidagi fleshmobda faol ishtirok etishdi.
O'z kelajagingizga befarq bo'lmang. Barchangizni 22 dekabr kuni o'tkaziladigan saylovlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar