So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

18 noy 09:26
Yangiliklar

Tadbirlar

Yangi O'zbekiston – yangicha dunyoqarash! g'oyasi ostidagi targ'ibot tadbirlari Qarshida ham tashkil etildi

Teglar :  QarshiQashqadaryo
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ham Yangi O'zbekiston – yangicha dunyoqarash! g'oyasi asosida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Bu borada ayniqsa, turli sport musobaqalari hamda sportchilarning chiqishlari targ'ibot tadbirlarining o'ziga xos bezagi bo'lmoqda.

Jumladan, tumandagi Madaniyat markazi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda mahallalarda o'tkazilgan targ'ibot tadbirlari xalqimizning kayfiyatini yanada ko'tardi.

Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy masalalar va kadrlar bo'yicha Davlat maslahatchisi o'rinbosari Qahramon Quranboev, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoeva hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i v.v.b. Zafarjon Mamadaliev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Tadbirda sportning stol tennisi, dzyudo, boks, voleybol, shaxmat, taekvondo va milliy sport o'yinlaridan tosh ko'tarish hamda arqon tortish turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. SHuningdek, rahbarlar sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, bu erdagi to'garaklar faoliyatini ko'zdan kechirishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqalar so'ngida g'olib va sovrindorlar hamda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing