So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

05 dek 07:47
Yangiliklar

Kurash

Yangi O'zbekistonda sevimli kurashimizning yangi davri boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori qabul qilindi.

«Kurash» milliy sport turini rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini yanada oshirishga davlatimiz tomonidan yuksak etibor qaratib kelinmoqda.

Ushbu sport turi xalqimiz tomonidan asrlar davomida mardlik, bag'rikenglik, oliyjanoblik va halollikning timsoli sifatida ezozlanib kelinadi. O'zbek millatining tarixiy merosi sifatida «kurash», «halol», «tazim», «to'xta», va «yonbosh» kabi atamalarning xalqaro sport lug'atidan mustahkam o'rin egallanganligi barchamizni birdek quvontiradi.

Davlatimiz rahbarining mazkur qarori ham mazkur vazifalarni yanada jadallashtirish uchun navbatdagi muhim qadam bo'ldi.

Hujjatda kurashning tobora ommalashib borayotgani nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilish, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizaciya qilish, sport inventarlari va kiyimlari taminotini yaxshilash, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar tayyorlashga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish bo'yicha vazifalar belgilab berilgan.

SHuningdek, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy ananalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o'zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yildan har ikki yilda bir marta kurash bo'yicha oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida xalqaro musobaqa o'tkazilishi belgilandi.

Xorijiy davlatlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar, 2020 yildan etiboran har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida «O'zbek polvoni» respublika musobaqasi o'tkaziladi.

Men yoshligimdan Kurash tushib ulg'ayganman, qariyb 20 yildan beri yoshlarga Kurash sporti sir-asrorlarini o'rgatib kelaman.

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktorligini ham aynan Kurash sporti nazariyasi bo'yicha himoya qilganman.

Prezidentimiz qabul qilgan mazkur qarori umrini Kurash sportini talimiga bag'ishlagan murabbiy va o'qituvchilar uchun juda katta quvonchli bo'ldi.

Ayniqsa qarordagi: joylarda 2021–2025 yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etilishi;

Malakali murabbiylar va olimpiya rezervlarini tayyorlash maqsadida Kurash xalqaro associaciyasi va O'zbekiston kurash federaciyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyati yo'lga qo'yilishi;

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashlashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablarida kurash bo'yicha amaldagi o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki barobarga oshiriladi. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yo'nalishlari mavjud oliy talim muassasalarida kurash bo'yicha mutaxassislik ochilishi;

2021/2022 o'quv yilidan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash bo'yicha o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshirilishi kabi vazifalar Kurashimizning yangi davrini boshlab berishi shubhasiz.

Bundan tashqari qarorda, Kurash bilan shug'ullanadigan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida «Polvonlari ko'p yurt qudratli bo'lur» shiori ostida umumiy o'rta talim muassasalarida bepul kurash guruhlari tashkil etiladi. Ushbu harakat yoshlarni kurashga jalb etish, sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bir so'z bilan aytganda, davlatimiz rahbarining kurashni rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o'z ichiga olgan mazkur qarori o'zbek milliy sporti brendini yangi cho'qqilarni zabt etishiga zamin hozirlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing