So’nggi yangiliklar

19:04Фомин Тенерифе Челленжерининг илк босқичида дунёнинг 178-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 18:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойни йирик ҳисобда таслим қилди 0 18:17Промоутер Бивол ва Бетербиев ўртасидаги учинчи жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:52Музаффарбек Тўрабоевда янги унвон + ФОТО 0 17:27Гэтжи қандай ҳолатда Порье билан трилогия амалга ошиши мумкинлиги айтди 0 17:05Ямайка терма жамоаси сардорининг "Динамо" билан келишуви амалга ошмади 0 16:39Чимаев вазн ташлашдан чарчагани ва вазнини ўзгартириши мумкинлиги айтилди 0 16:16UFC P4P рейтинги янгиланди. Волкановски юқорилади, Махачев ҳамон пешқадам 0 15:52Шавкат Раҳмонов нега иккинчи маротаба операция қилинди? Мураббий жавоб берди 0 15:28Расман: Бензема — "Ал Ҳилол" футболчиси 0 15:05Царукян Хабиб Нурмагомедов уни қўллаб-қувватлаган лаҳзани эслади 0 14:41Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги анонс қилинди 0 14:20UFC рейтинги янгиланди: Шавкат Раҳмонов рейтингдан чиқарилди 0 13:57"Атлетико" ҳужумчи сотиб олганини эълон қилди 0 13:36Таэквондочиларимиз "Fujayrah Open" турнирида жами 14 та медаль жамғаришди 0

03 mar 17:56
Yangiliklar

Tadbirlar

Yangi qaror loyihasi Umid Ahmadjonov boshchiligida yana bir bor muhokama qilindi

Teglar :  Umid AhmadjonovMOQ
Bugun, 3 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasida Respublika sport federaciya va associaciyalar rahbarlar ishtirokida navbatdagi yig'ilish o'tkazildi.

Uchrashuvda Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov bilan birgalikda, yurtimizdagi suv sporti, kamondan otish, engil atletika, badminton, boks, baydarka va kanoeeda eshkak eshish, velosport, ot sporti, qilichbozlik, futbol, golf, gimnastika, gandbol, chim ustida xokkey, dzyudo, karate, zamonaviy beshkurash, o'q otish, stol tennisi, taekvondo, triatlon, voleybol, og'ir atletika hamda sport kurashlari federaciyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

MOQ rahbari sport federaciyasi masullaridan sport turlarini tubdan isloh qilish, to'g'ri yo'nalish berish bo'yicha takliflarni so'radi. 

SHuningdek, Umid Ahmadjonov bundan buyon sportchilar qatiy tartib asosida musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishlari, bu masalada yangi mexanizm ishlab chiqish fursati allaqachon etib kelgani haqida gapirdi.

"Sportchilarimiz uchun barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Ularga stipendiyalarni to'lashda davom etamiz. Kerak bo'lsa to'lanadigan pul miqdorini ham bir necha marta oshirib bera olamiz. Faqat ular bilan shartnoma imzolaymiz. U erda o'z talablarimiz bo'ladi. Engil atletikachi kuniga necha km masofa yugurishi kerak? U ertalab nechchida uyqudan turishi lozim? Qanday ovqatlar istemol qilyapti? Kechqurun choyxona-yu, restoranlarda yurmayaptimi? MOQ qoshida ularni nazorat qiladigan inspekciya tashkil qilinadi. SHartnomadagi shartlarga amal qilmaganlar jazolanadi. Sportchida qatiy tartib bo'lishi lozim. Maqsadimiz - sportchilarimizni qatiy tartib asosida musobaqalarga tayyorlash. Tartib bo'lgan joyda natija ham bo'ladi", - dedi Umid Ahmadjonov.

Yig'ilishda selekciya ishlariga alohida etibor qaratilishi lozimligi yana bir bor takidlandi.

"Yosh iqtidor egalarini maktablardan tanlab olamiz. Keyin esa ular ixtisoslashtirilgan sport maktablariga o'tkaziladi. So'ngra talabga javob beradiganlar Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. SHuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan 600 nafar sportchilar orasidan 50 ta eng iqtidorlilarini tanlab olamiz va ular kolejlar qoshida tashkil etiladigan Olimpiya markazlarida 24 yoshgacha biz bilan bo'lishadi. Aks holda, ushbu kollejlar bitiruvchilari ko'p hollarda ko'chada qolib ketmoqda. Ana shundagina biz selekcciyaning mukammal tizimini yarata olamiz", - deb kuyunib gapirdi MOQ rahbari.

Bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlariga sportchilar federaciya vakillaridan tashkil topgan komissiya ishtirokida tanlab olinadi.

Qolaversa yig'ilishda CHimyon, Zomin, Qashqadaryo va Namanganda olimpiyachilar shug'ullanib, yig'in o'tkazishlari uchun yangi bazalar bunyod etilishi haqida malum qilindi. Umid Ahmadjonov davlat tomonidan sport sohasi uchun ajratilayotgan pullarni to'g'ri yo'naltirish uchun mutaxassislardan taklif so'radi.

"Bilasizmi? Viloyatlarda mahalliy byudjetdan sport sohasini rivojlantirish uchun har yili juda milliardlab mablag' ajratiladi. Biz bu pullarni to'g'ri sarflashimiz, samarali ishlatishimiz lozim. Ana shundagina natijalar o'z-o'zidan paydo bo'ladi", - dedi Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti.

Yig'ilishda ot sporti federaciyasi bosh kotibi Eldor Anorboev sportning ushbu turini rivojlantirish yo'lida qanday ishlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirib berdi.

"Ot sporti federaciyasi viloyatlardagi holatni ham borib o'rgandi. SHunga amin bo'ldikki, deyarli har bir bo'limda baza bilan bog'liq muammolar bor. Federaciya tizimidagi tashkilotlarda anjomlar yana bir bor inventarizaciya qilib chiqildi. Bizning sportimizda asosiy inventar ot hisoblanadi. SHunga qarab, qaysi xududda ot sportini yanada rivojlantirish uchun imkoniyat borligi, qaysi xududlarda buning uchun sharoit yo'qligi o'rganib chiqildi. 

SHuningdek, MOQ rahbariyatiga ixtisoslashtirilgan sport maktablaridan ot sportini ajratish taklifini berdik. CHunki, sportning ushbu turi uchun alohida sharoitlar lozim bo'ladi. Aytmoqchimanki, ishni quyi bo'g'inlardan boshlab ko'rib chiqmasak, muammolarning echimini topish qiyin. Ot sporti federaciyasi shu yo'ldan ketmoqda", - dedi federaciya bosh kotibi Eldor Anorboev.

Bu kabi yig'ilishlar Milliy olimpiya qo'mitasida hali ko'p o'tkaziladi. Maqsad – mamlakatimizda sportni rivojlantirishning yangi, mukammal tizimni yaratish, xalqaro maydondagi g'alabalar salmog'ini oshirish, Olimpiya harakati va sportning ommaviyligini oshirishdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing