27 dek 14:06
Yangiliklar
Boshqalar
Yangi yil bayrami arafasida bir guruh sport faxriylariga ehtirom ko'rsatildi
Mamlakatimiz sporti rivojiga munosib hissa qo'shgan sport faxriylariga doimiy etibor ko'rsatib kelinmoqda.
Xususan, yangi yil bayrami arafasida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi va homiylar tomonidan 50 nafardan ziyod sport faxriylarining holidan xabar olindi.
Bugungi kunda 97 yoshni qarshilayotgan sport faxriysi Evgeniy Valickiy, 95 yoshli faxriy Zinaida Bondarenko hamda 92 yoshli Manuel To'ychievlar ham bugungi dorilomon kunlarga shukronalik keltirishdi.
Sport faxriylari ko'rsatilyotgan etibor uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.







Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar