29 dek 07:44
Yangiliklar
“Yangi yilga sport bilan!” festivalining ilk kunida 3 000ga yaqin ishtirokchi qamrab olindi
Festivalda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan yurtdoshlarimiz sportning mini-futbol, stritbol, basketbol, velosport, yugurish, darts, arqon tortish, badminton, armrestling, tosh ko'tarish, stol tennisi hamda “Workout” (ko'cha fitnesi) yo'nalishlari, shuningdek, yilning eng yirik turnirlari – shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston chempionati hamda Kibersport bo'yicha Grand final musobaqalarida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishmoqda.
Festivalning ochilish marosimi o'ziga xos shou tarzida tashkil etildi. Sanat va sport yulduzlari esa o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarni xushnud etdi.
Darvoqe, “Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi ommaviy sport festivalining ilk kunida ishtirok etolmagan poytaxtimiz aholisi va mehmonlari 29 va 30 dekabr kunlari kelib, bemalol estivalda ishtirok etishlari mumkin.
Fikrlar